Qozog‘istonda parlament tarqatib yuborildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi tarqatib yuborildi va yangi parlament quyi palatasiga muddatidan oldin bo‘ladigan saylov joriy yilning 19 martida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqdagi tegishli farmon bugun, 19 yanvar kuni respublika Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan imzolandi. 

“Qaror qilaman: yettinchi chaqiriq Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi tarqatib yuborilsin. 2023 yil 19 martga Qozog‘iston Respublikasi parlamenti majlisi deputatlarining navbatdan tashqari saylovi tayinlansin”, deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, To‘qayev barcha darajadagi mahalliy vakillik organlari vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni ham imzoladi. Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari deputatlar saylovini tayinlash, unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tashkil etish choralarini ko‘rish topshirildi. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan parlament saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tgandi. Uning natijalariga ko‘ra, hukmron “Nur Otan” (keyinchalik “Amanat” nomi o‘zgartirilgan) partiyasi 71,09 foiz, Qozog‘iston Xalq partiyasi 9,10 foiz, “Ak Jol” partiyasi 10,95 foiz ovoz to‘plagan. Saylovda qatnashgan yana ikki partiya 7 foizdan kam ovoz olib, parlament tarkibiga kirgizilmagan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing