Qozog‘istonda olti o‘zbekistonlikni qullikka sotgan qidiruvdagi shaxs ushlandi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda olti nafar o‘zbekiston fuqarosini qullikka sotib yuborgan boshqa bir o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar poytaxt politsiya departamentiga tayanib, xabar berdi.

Erkak davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. 2014 yilda u olti nafar fuqaroni Qozog‘istonda yuqori maoshli ishga joylashtirishni va’da qilib, O‘zbekistondan olib chiqib ketgan.

Olma-otada u vatandoshlarining pasportlarini olib, boshqa shaxsga berib yuborgan. Yetti oy erkaklar og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlangan. 2015 yilda O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxs besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

“2019 yilda sud qarori bilan jazoning o‘talmagan qismi shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirildi. Shartli ozodlikka chiqqan aybdor Qozog‘istonga qochib ketgan. U O‘zbekistonda qidiruvga berilgan. Hozirda sud qarori bilan erkak qamoqqa olingan, uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing