Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning ulkan haykali o‘rnatildi

Olam

image

Nursultonda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ulkan haykali o‘rnatildi. Ochilish marosimida amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev ham ishtirok etdi. Bu haqda mahalliy “Tengrinews” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yodgorlik poytaxtda Alixan Bokeyxon va Kerey ko‘chalari, Jonibek Xandar chorrahasida yaqinda ochilgan bog‘ning hududida joylashgan. To‘qayev yodgorlikning lentasini tantanali yechib, marosimda qatnashganlarga nutq so‘zladi.

Qosim-Jomart To‘qayevning ta’kidlashicha, har yili poytaxt kuni arafasida shaharning ma’naviy qiyofasini bezab turadigan yangi majmualar qad rostlamoqda. U o‘tgan yili Elboshi kutubxonasining muzeyi qurilganini va uning yonida ochilgan bog‘ shahar aholisi uchun qulay dam olish maskaniga aylanganini esladi.

Prezident Nursulton Nazarboyevning davlatchilik asoslarini shakllantirish, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, global inqirozlarni bartaraf etish, mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi.

“Elboshi ko‘plab xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi va mamlakatimizni global siyosat qatoriga olib chiqdi. Butun dunyo uni buyuk siyosatchi, tarixiy shaxs sifatida biladi. Qozog‘istonning hozirgi va kelajak avlodi o‘z xalqining buyuk o‘g‘liga loyiq bo‘lishi kerak”, deydi To‘qayev.

Yurtboshining ta’kidlashicha, o‘sha yillardagi eng xavfli muammolar va vayronagarchiliklar sharoitida Elboshi odamlarda o‘z kuchiga va kelajakka bo‘lgan ishonchni tarbiyalashga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing