Qozog‘istonda namoyishchilarga qanday jazo berilishi aytildi
Olam
−
07 Yanvar 2022 20769 1 daqiqa
Qozog‘istonda ommaviy namoyishlarni uyushtirganlikda aybdor deb topilganlar fuqarolikdan mahrum qilinib, 8 yildan umrbodgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu haqda TACC xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va ularda ishtirok etish faktlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan, terrorchilik harakatlarini sodir etish bo‘yicha sudgacha tergov boshlangan.
“Jinoyat kodeksida ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik va terrorchilik harakatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarni sakkiz yildan umrbodgacha ozodlikdan mahrum qilish hamda fuqarolikdan mahrum qilish nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
“Xabar-24” telekanalining aniqlik kiritishicha, mamlakatda Prezident topshirig‘iga binoan ishlarni tergov qilish bo‘yicha idoralararo tergov-tezkor guruhi tuzilib, uning tarkibiga Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning eng tajribali xodimlari kiritilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr