Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘istonda medal bilan mukofotlandi

Jamiyat

image

Kecha, 25 noyabr kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan yuksak medal bilan taqdirlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etilgani, 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashgani, ZOOM platformasi orqali yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatib borgani, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda ma’ruzalar qilganlari hamda anjuman jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun dunyoga onlayn namoyish etilgani bilan yana ahamiyatli bo‘lgan.

Shuningdek, xalqaro konferensiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning o‘zaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani aytilgan.

Bundan tashqari, notiqlar tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston zaminida Islom dini ma’rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuqori baholangan.

Konferensiyada mana shunday ishlarning munosib e’tirofi sifatida ham muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi buyrug‘i asosida yuksak medal bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing