Qozog‘istonda qor bo‘roni tufayli 37 ta shaharlararo yo‘l yopildi
Olam
−
09 yanvar 2023
7215Qozog‘iston hukumati qor bo‘roni, yaxmalak va tuman sababli 37 ta shaharlararo avtomagistralni yopib qo‘ydi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ostona shahar ta’lim boshqarmasi vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tish haqida e’lon qildi. Bunday chora-tadbirlar mamlakatning boshqa qator viloyatlarida ham amalga oshirildi.
Poytaxt Ostona va 11 viloyatda bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Oqmo‘la viloyatida 8 yanvar kuni Ostona-Petropavlovsk yo‘lining 236-kilometrida 9 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bundan tashqari, qutqaruvchilar Jezqazg‘on – Ulitau trassasida qolib ketgan avtobusdan 23 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi.
9 yanvar kuni ertalab Ostonada ikki mingdan ortiq yo‘lchilar qor tozalashga chiqdi, 1,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb qilindi. 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi shahardan 39 ming kub metrdan ortiq qor olib chiqildi.
Shaharda havo harorati 30 darajadan pastga tushdi. G‘ayritabiiy sovuqqa qaramay, minglab yo‘l ishchilari poytaxt ko‘chalarini qordan tozalashga chiqqan.
Ostona ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlaridan xavfsizlik choralariga rioya qilishni va uzoq vaqt tashqarida bo‘lmaslikni so‘radi.
LiveBarchasi