Qozog‘istonda ilk bor hokimlar saylovi o‘tkazilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonda bugun, 25 iyul kuni ilk bor mamlakatda tuman bo‘ysunuvidagi shahar, qishloq, shaharcha va qishloq okruglarida akim (hokim)lar saylovi o‘tkazilmoqda. Bungacha akimlar tayinlangan.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovlar 14 ta viloyatdagi 1847 ta uchastkada o‘tkazilmoqda.mamlakatda 1 mln 210 ming saylovchi ro‘yxatga olingan.

730 ta saylov okrugida 2582 ta nomzod ko‘rsatilgan.

Qozog‘iston fuqarosi mamlakatda tuman bo‘ysunuvidagi shahar, qishloq, shaharcha va qishloq okrugi hokimlariga saylanishi uchun kamida 25 yoshda iqtidorli, davlat xizmati sohasidagi qonunchilik talablariga javob beradigan, sudlanmagan va korrupsiyaviy jinoyat sodir etmagan bo‘lishi kerak.

Saylov natijalari uch kun ichida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi saylovlari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzolagan edi. Qonun bilan mamlakatda tuman bo‘ysunuvidagi shahar, qishloq, posyolka va qishloq okruglari ma’muriyati rahbarlarini (akim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi tomonidan saylash tizimi joriy qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing