Qozog‘istonda dunyoviy tuzumni ag‘darishni rejalashtirgan ekstremistlar qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xodimlari mamlakatda dunyoviy tuzumni ag‘darishni rejalashtirgan ekstremistik guruh a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda MXQga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 noyabr kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Ostona, Atirau va Jezqazg‘on shaharlarida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida radikal diniy guruhning bo‘linmalarini zararsizlantirgan.

“Terrorizmni targ‘ib qilish, shuningdek, ekstremistik guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va faoliyatida ishtirok etishda gumon qilinib, 12 kishi bir vaqtning o‘zida qo‘lga olindi. Tergovchilarga ko‘ra, ular Qozog‘istonda dunyoviy tuzumni ag‘darishni maqsad qilgan. Buning uchun ular ekstremistik g‘oyalarni tarqatib, o‘z saflariga yangi tarafdorlarni jalb qilgan”, deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

Qo‘lga olinganlarning yashash joylarida tintuv o‘tkazilganda, taqiqlangan adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.

“Guruhning bir qator a’zolari og‘ir jinoyatlar, jumladan, militsiya xodimini o‘ldirish, banditizm, talonchilik, o‘g‘irlik va zo‘rlash kabi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasi 1-qismiga muvofiq, ushbu ish bo‘yicha boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi shart emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing