Qozog‘istonda dunyoda ilk bor 3D texnologiyali tangalar muomalaga chiqarildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Milliy banki dunyoda birinchi bo‘lib 3D ultra yuqori relef texnologiyasiga ega tangalarni muomalaga chiqardi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy banki Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kolleksiyaning dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda bank mutaxassislari tangaga yangi texnologiyalarni qo‘llashga qaror qilgan. Shuningdek, Qozog‘iston zarbxonasi 3d ultra yuqori relef texnologiyasidan foydalangan holda tangalarni innovatsion zarb qilish sinovidan o‘tkazgan. Sinov natijalariga ko‘ra, tangada “Balqash Alabug‘asy” baliq boshining relefi tanga tekisligidan 17 mm balandroqni tashkil qilmoqda.

“Hozircha dunyoning hech bir zarbxonasi bunday natijaga erisha olmadi”, deyiladi Milliy bank matbuot xizmati xabarida.

“Balqash Alabug‘asy” tangalari ikki turda ishlab chiqariladi:

925/1000 som kumushdan 3D texnologiyasi va o‘ta yuqori relefli, og‘irligi 100 gramm, diametri 50 mm, nominal qiymati 1000 tanga, muomala tiraji 500 dona:

nikel kumush qotishmasidan tayyorlangan og‘irligi 15 gramm, diametri 33 mm, nominal qiymati 200 tanga, muomala tiraji 20 000 dona.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kolleksion tangalar Berlinda Butunjahon pul ko‘rgazmasida Butunjahon valyuta konferensiyasidagi mediaforumdagi ishtiroki doirasida taqdim etilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing