Qozog‘istonda “Chevrolet” avtomobil zavodi quriladi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Kostanay shahrida “Chevrolet” avtomobil zavodi quriladi. Bu haqda bugun, 22 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev uchrashuvida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bir qator qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, Qozog‘istonning Karaganda viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi, Chimkentda infuzion eritmalar korxonasi, Kostanayda “Chevrolet” avtomobil zavodi quriladi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Navoiy viloyatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent viloyatida transport-logistika markazi barpo etiladi.

Ikki davlat rahbarlari mazkur ob’ektlarning qurilishiga birgalikda start berdi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

477

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing