Qozog‘istonda biologik qurol ishlab chiqarilayotgani haqidagi gap kimdan chiqqani aytildi
Olam
−
10 may
8958Amerika laboratoriyalari Qozog‘istonda biologik qurol ishlab chiqarayotgani haqidagi mish-mishlar ortida sun’iy intellekt turibdi. Ushbu soxta xabarlarning manbasi Xitoy bo‘lib chiqdi, deb yozadi "Orda.kz" nashri.
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti hisobotida keltirilishicha, Xitoy Qozog‘istondagi Amerika biolaboratoriyalari haqidagi shov-shuvli soxta ma’lumotlarni tayyorlashda neyron tarmoqlaridan foydalangan. Uni ovoza qilish esa ushbu davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilgan.
“2023 yil aprel oyida Xitoy hukumati tomonidan boshqariladigan generativ sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangiliklar sayti Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda biologik qurol ishlab chiqarayotgani haqidagi ilgari yolg‘on da’volarni tarqatdi ”, deyiladi hisobotda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Rossiya sun’iy intellekt yordamida dezinformatsiyani faol ravishda tarqatishga ko‘maklashyapti.
LiveBarchasi