Qozog‘istonda 31 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida politsiya xodimlari noqonuniy kavrak qazib olish bilan shug‘ullangan 51 nafar xorijlikni aniqladi. Bu haqda “Zakon” nashri xabar berdi.

O‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida O‘tiror tumani IIB xodimlari tomonidan Qoraqo‘ng‘ir QFY hududidagi dasht kengliklarida dorivor kavrak terayotgan 51 nafar chet el fuqarosi aniqlandi. Ulardan 31 nafari O‘zbekiston, 17 nafari Tojikiston fuqarolaridir.

Politsiya xodimlari Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 517-moddasi 5-qismi “Chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Qozog‘iston Respublikasining aholi migratsiyasi sohasidagi qonunchiligini buzish” bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzgan. Sudning qarori bilan chet el fuqarolari Qozog‘iston hududidan chiqarib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing