Qozog‘iston janubida yog‘gan qor O‘zbekistonga ham kirishi kutilmoqda (video)
Olam
−
02 Oktabr 2021
17414Bugun, 2 oktyabr kuni Qozog‘istonning “Chimkent-Taraz” avtomobil yo‘lining dengiz sathidan 1,1 km balandlikdan o‘tgan qismiga qor yog‘di. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.
Sinoptiklar mamlakatning janubiy viloyatlari aholisini havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi haqida ogohlantirdi.
Qor yog‘ayotgan hudud O‘zbekistonning Toshkent viloyatidan 85-100 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, sovuq quruq antitsiklon Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga 3 oktyabrga o‘tar kechasi yetib keladi. Antitsiklon sovuq va quruq havo bo‘lib, undan yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasida qor yog‘gan edi.
LiveBarchasi