Qozog‘iston va Hindiston Toshkentdagi JCHga boykot e’lon qilmaydi

Sport

image

Qozog‘iston va Hindiston boks terma jamoalari joriy yilning 1-14 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslariga boykot e’lon qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston boks federatsiyasi Prezidenti Kenes Rakishev “BaigeNews.kz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Mutaxassisning fikricha, Toshkent mundiali garchi Olimpiya litsenziyalarini bermasa-da, tajriba va amaliyot jihatidan muhim hisoblanadi.

“Agar terma jamoamiz Jahon chempionatida qatnashmaslikka qaror qilsa, Qozog‘istonning ko‘plab muxlislari xafa bo‘ladi, deb o‘ylayman va muxlislarning hafsalasi pir qilishga haqqimiz yo‘q. Qolaversa, hozir havaskor boks bo‘yicha xalqaro musobaqalar unchalik ko‘p emasligiga ishonamiz, shu bois Jahon chempionati biz uchun mashq qilish va tajriba to‘plash uchun juda muhim, turnirga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va  medallar uchun kurashamiz”, deydi Kenes Rakishev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan  yaxshi munosabatda ekanligi va Xalqaro boks assotsiatsiyasining Rossiya bilan Belarus bokschilariga o‘z bayroqlari ostida Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat bergani sababli, AQSH, Irlandiya, Chexiya va Shvetsiya boks jamoalari bo‘lajak turnirda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing