Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka va sabzi sotib, keyin qayta sotib olmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston o‘z kartoshka va sabzisini hozir O‘zbekistonga sotib, kelgusida shu mahsulotlarn qaytib sotib olmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Tengrinews” nashri.

“Biz o‘zimizda deyarli hamma narsani yetishtiramiz, lekin yetarli miqdorda emas. Hozir eksport qilish uchun yetarli miqdorda kartoshka yetishtiryapmiz, lekin ularni, aytaylik, aprelgacha saqlay olmaymiz. Shuning uchun mart oxiri, aprelda uni qayerdandir olib kelishga majburmiz”, deydi vazir.

Shuning uchun hukumat hozir mavjud mahsulotni ehtiyoji bor qo‘shnisiga sotib, bahorda O‘zbekistondan kelishtirilgan narxlarda sotib olmoqchi.

“Biz hozir O‘zbekistonga ketyapmiz, ularga hozir bizning kartoshkamiz, sabzimiz kerak. Ular bilan shartnoma tuzish maqsadida, hozir biz markazlashtirilgan holda ularga kartoshka va sabzi sotishga tayyormiz, keyin mart-aprel oylarida markazlashgan holda xarid qilishimiz mumkin. Shunga ko‘ra, narx darajasi normal bo‘lishi kerak, bu savdo”, Jumangarin Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin jurnalistlar savoliga javob berarkan.

Serik Jumangarinning so‘zlariga ko‘ra, davlat omborxonalar qurish bilan shug‘ullangan eski pozitsiya noto‘g‘ri.

“Davlat tadbirkorlik bilan shug‘ullanmasligi kerak. Shuning uchun bugun hokimlar bilan uchrashuv bo‘ladi. Bizda hududlarda kamida 2-3 ta omborxona bor. Asosiy muammo: mahsulotlar nega qimmatlashyapti, chunki biz ularni eng zarur bo‘lgan vaqtga qadar saqlay olmaymiz. Bu bahorning boshlanishi - o‘rtasi. Saqlash joylari juda kam, ayniqsa iqlim nazorati mavjudlari”, deya tushuntirgan vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

927

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing