Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada nazoratni kuchaytirmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat chegarasida nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi. U qo‘shni davlatlarda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganidan xavotirda. Bu haqda Prezident bugun, 7 oktyabr kuni pandemiyaning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish masalasida o‘tkazgan yig‘ilishida gapirgan. 

To‘qayev Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda SOVID-19 yuqtirish holati ko‘payib borayotganini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan, u aeroportlar va temir yo‘l stansiyalariga nazoratning qat’iy rejimini qaytarish kerakligini aytgan. Shuningdek, "qizil hudud" dan kelgan odamlarda ekspress-sinovlar o‘tkazish zarurligini qayd etgan. 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 108 mingdan oshib ketgan. 1 ming 700 dan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. 

Dunyoda kasallik yuqtirganlar soni 36 millionga yaqinlashmoqda. 1 milliondan ko‘p odam kasallik qurboni bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 7 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 59 ming 579 nafarga yetgan. Qurbonlar soni 491 nafarni tashkil etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing