Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida tirbandlik yuzaga keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston chegarasidagi ayrim o‘tkazish punktlarida odamlar va transport vositalari tirbandligi kelib chiqmoqda. Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati munosabat  bildirdi.

Bildirilishicha, chegara xizmati “Jibek yo‘li” nazorat-o‘tkazish punktida tirbandlik kuzatilayotganini qayd etgan. Bunga Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida avtomobil yo‘lini qurish va kengaytirish ishlari sabab bo‘lgan.

“Shuningdek,  Qozog‘istonning “Tajen”, “Atameken” va “Qozig‘urt”  kabi chegara o‘tkazish punktlarida ham rekonstruksiya ishlari davom etmoqda, “Kaplanbek” nazorat-o‘tkazish punkti yopilgan”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi boshqa nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing