Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada 2 ta avtomobil o‘tkazish punktini ochmoqda
Olam
−
12 iyul 2022
13013Qozog‘iston Rossiya va O‘zbekiston bilan chegarada 12 ta avtomobil o‘tkazish punktini ochmoqda
Qozog‘iston hukumati Rossiya va O‘zbekiston bilan chegaradagi 12 ta avtomobil o‘tkazish punkti faoliyatiga nisbatan mavjud bo‘lgan cheklovlarni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘lqini saqlash vazirligi ma’lum qilgan.
“Qozog‘iston hududiga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bilan davlat chegarasi orqali 12 ta avtomobil nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish to‘g‘risida qarorni qabul qildi”, deyiladi xabarda.
Shunday qilib, bugun, 12 iyuldan boshlab quyidagi punktlar o‘z ishini qayta tiklaydi:
Rossiya bilan chegarada: "Kondibay", "Akbalshik", "Qizil Jar", "Naiza", "Jezkent", "Baitanat", "Koyanbay", "Orda", "Shagan", "Karashatau".
O‘zbekiston bilan chegarada: “Selinniy” (O‘zbekiston tomonidan “Oq oltin”) va “Sirdaryo” (O‘zbekiston tomonidan “Malik”).
“Shu bilan birga, mamlakat aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga o‘z vaqtida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va qayta emlashni tavsiya qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi