Qozog‘iston Senatiga saylov qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti Senatiga navbatdagi saylovlar 2023 yilning 14 yanvarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning farmonida keltirilgan.

“Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati deputatlarining 2023 yilda konstitutsiyaviy vakolat muddati tugashi munosabati bilan mamlakat parlamenti Senati deputatlari saylovini 14 yanvarga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilaman”, deyiladi farmonda.

Respublika hukumatiga, shuningdek, Ostona, Olmaota va Chimkent shaharlari hokimliklari rahbarlari, viloyatlar rahbarlariga deputatlar saylovini tashkiliy va moliyaviy ta’minlash choralarini ko‘rish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev saylovchilarning 80 foizdan ortiq ovozini olib, g‘alaba qozondi. 

Qozog‘istonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq 1 sentyabr kuni To‘qayev xalqqa murojaatida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi. 17 sentyabr kuni u konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolab, prezident vakolatlarini yetti yillik qayta saylanmaslik muddati bilan chekladi. Ilgari respublika rahbari besh yil ketma-ket ikki muddatga saylanishi mumkin edi.

Avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 26 noyabr kuni mamlakat xalqiga qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga rasman kirishgani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing