Qozog‘iston Rossiyani chetlab neft sotishni ko‘paytirmoqchi
Olam
−
08 noyabr 2022
4396Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Kaspiy dengizidagi Oqtov va Kurik portlari orqali neft tashish hajmini yiliga 20 million tonnagacha oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘tkazuvchanlikni oshirish va neft tashish hajmini yiliga 20 million tonnaga yetkazish uchun Oqtov va Kurik portlarining barcha mavjud quvvatlarini ishga tushirishimiz kerak”, deydi To‘qayev Mangistau viloyati jamoatchiligi bilan uchrashuvda.
U jahon bozorlaridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda Transkaspiy yo‘nalishini yanada rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekaniga e’tibor qaratgan. Shuningdek, Ostona bu borada hamkor davlatlar bilan kelishuvga erishganini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston neftining eksporti jahon yetkazib berishning 1 foizdan ortig‘ini yoki kuniga 1,4 million barrelni tashkil qiladi.
20 yil davomida u Kaspiy quvurlari konsorsiumi orqali Novorossiysk portiga yetkazib berilmoqda, bu esa jahon bozoriga chiqish imkonini beradi. Iyul oyida Rossiya sudi ekologik qoidabuzarliklar tufayli Kaspiy quvurlari konsorsiumini yopish bilan tahdid qilgan. Shundan so‘ng Qozog‘iston hukumati va yirik xorijiy neft ishlab chiqaruvchilar boshqa kompaniyalar bilan shartnomalar tuzdi.
LiveBarchasi