Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika jo‘natyaptimi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26 aprel kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida suratga olingani aytilayotgan videolavhalar tarqaldi. Ularda harbiy texnika olib ketilayotgani aks etgan edi. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika jo‘natayotgani haqida yozdi. Shundan so‘ng Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “STOP FAKE” portalida xabar berildi.

“Olmaotada harbiy texnikalar harakati haqidagi aylanib yurgan videoga kelsak, shuni ma’lum qilamizki, ushbu videoda harbiy texnikaning rejali jangovar mashg‘ulotlardan so‘ng mamlakatning markaziy viloyatidan Olmaota shahriga harakatlanishi aks etgan. Shu munosabat bilan fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirmaslikni va faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing