Qozog‘iston Rossiya bilan vaksina ishlab chiqarishni boshlaydi
Olam
−
18 dekabr 2020
2805Kelgusi haftada Qozog‘istonda Rossiya bilan yangi koronavirusga qarshi vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarish va eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 18 dekabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev aytib o‘tdi.
Prezident so‘zi avvalida Rossiyani dunyoda birinchi bo‘lib vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan va aholini emlashni boshlagan davlat sifatida alohida maqtab o‘tdi.
“Men dunyoda birinchi bo‘lib vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan va aholini emlashni boshlagan, COVID-19’ga [koronavirus sabab bo‘lgan kasallikka] global javob berishda yetakchi rolni egallab turgan Rossiya Federatsiyasini alohida qayd etmoqchiman. Qozog‘iston ham o‘z dori-darmonlarini ishlab chiqarmoqda, ular ham sinov paytida yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Yaqin kunlarda, aniqrog‘i kelgusi hafta biz Rossiya bilan Qozog‘istonda, mahalliy aholi va eksport uchun vaksinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sotib olish va umumiy tadbirlar uchun 3 trillion so‘m ajratilishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi