Qozog‘iston Prezidentligiga 6 kishi nomzod bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovida ishtirok etadigan nomzodlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

“Qozog‘iston Respublikasi MSK tomonidan tasdiqlangan, 20 noyabrga belgilangan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 21 oktyabr kuni soat 18:00 da yakunlandi”, deya xulosa qildi MSK raisi Nurlan Abdirov. 

Bu vaqtga kelib Markaziy saylov komissiyasi olti nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga olgan: 

Qosim-Jomart To‘qayev – amaldagi davlat rahbari. 

Nurlan Auyesbayev, muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiya vakili. 

“Amanat” kasaba uyushmalari respublika assotsiatsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Meyram Kajiken. 

Jiguli Dairaboyev – "Ovul" Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan nomzod. 

Karakat Abden – “Professional ijtimoiy ishchilar milliy alyansi” Respublika jamoat birlashmasidan. 

Saltanat Tursinbekov – “Qozoq analari – dasturge yol” respublika jamoat birlashmasidan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing