Qozog‘iston Prezidenti vaziyatni kuzatmoqda

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qirg‘izistondagi vaziyatni kuzatmoqda, deb xabar beradi “Tengrinews” 

“Qozog‘iston Prezidenti Qirg‘izistondagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Davlat rahbari qo‘shni qardosh mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar Qirg‘izistonning ichki ishi deb hisoblaydi. Qosim-Jomart Toqayev amaldagi qonun asosida vaziyatni tezroq normallashtirishga umid qilmoqda", dedi davlat rahbari matbuot kotibi Berik Vali. 

7 avgust kuni kechqurun qirg‘iz maxsus xizmatlari Atamboyevni Qo‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohida hibsga olish bo‘yicha operatsiyani boshladi. Natijada 43 kishi tan jarohati oldi, bir kishi vafot etdi. Biroq, sobiq Prezidentni hibsga olishning iloji bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing