Qozog‘iston Prezidenti “subbotnik”ka chiqdi
Olam
−
29 aprel 2023 5152 1 daqiqa
Qozog‘istonda Ostonani obodonlashtirish doirasida yil davomida bir milliondan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekish maqsad qilingan. Bu haqda Ostonadagi bog‘da shaharni tozalash va ko‘chat ekishda ishtirok etgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbariga poytaxtni yanada obodonlashtirish bo‘yicha reja taqdim etilgan. Ostona hokimi Jenis Qosimbekning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda bir milliondan ortiq ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Shaharda, shuningdek, Yesil daryosi bo‘yidagi istirohat bog‘lari va dam olish maskanlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

O‘z navbatida, davlat rahbari fuqarolarning hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidlab, shaharni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratayotganini aytib o‘tgan. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shanbalik ishtirokchilari tomonidan ikkita qarag‘ay va 39 tup archa navi ekilgan.
“Qozog‘iston bizning umumiy uyimiz, uni toza saqlashimiz kerak. Biz daraxt ekishimiz, ko‘chalarni axlat qilmasligimiz kerak. Bu bizning fuqarolik burchimiz. Bizda boshqa davlat yo‘q. Men hammani mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga chaqiraman”, deydi To‘qayev.
Live
Barchasi