Qozog‘iston parlamenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni almashish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi 

Jamiyat

image

Qozog‘iston Senati bugun, 9 fevral kuni O‘zbekiston bilan “Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni jazoni davom ettirishi uchun o‘tkazish to‘g‘risida”gi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Qozog‘iston Senatining rasmiy vebsaytida ma’lum qilind.

Qayd etilishicha, mazkur shartnoma ikki davlat mahkumlariga qamoq jazolarini o‘z vatanlarida o‘tash imkonini beradi. 

Shartnoma qoidalariga muvofiq, tomonlar mahkumlarni boshqa joyga o‘tkazishda maksimal darajada hamkorlik qilish majburiyatini oladilar, bu esa jazoning yanada samarali ijro etilishiga va mahkumlarning keyinchalik ijtimoiylashuviga yordam beradi. Shuningdek, mahkumni boshqa davlatga o‘tkazish uchun uning roziligini olish kerak bo‘ladi. Agar bu milliy qonunchilikka yoki mamlakat xavfsizligiga zid bo‘lsa, mahkumlar ekstraditsiya qilinmaydi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakat koloniyalarida 500 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik jazoni o‘tamoqda. Shartnoma parlament tomonidan ratifikatsiya qilingandan so‘ng imzolash uchun Qozog‘iston Prezidentiga yuboriladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing