Qozog‘iston Mudofaa vazirligi binosida yong‘in chiqdi (video)

Olam

image

Bugun, 29 oktyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Guvohlar binodan tutun chiqayotganini suratga olgan.

Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Mudofaa vazirligi binosiga o‘t o‘chirish bo‘linmalari chaqiruvi bo‘lganini, hozirda qutqaruvchilar voqea joyida ekanligini tasdiqlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi jiddiy yong‘in bo‘lmaganini bildirib, keyinroq batafsil ma’lumot berishini aytgan.

Mudofaa vazirligining o‘zi bugun soat 13:25 da Mudofaa vazirligi binosi idoralaridan birida ofis mebellari yonib ketgani haqida xabar bergan.

Dastlabki sabab – elektr simlarida qisqa tutashuv. Yong‘in o‘chirilgan, qurbonlar yo‘q. Ushbu holat tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing