Rasman: To‘qayev prezidentlikka nomzod bo‘ldi
Olam
−
08 Oktabr 2022
7223Bugun, 8 oktyabr kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Xalq koalitsiyasidan ko‘rsatilgan respublikaning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni prezidentlik saylovida nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.
“Prezidentlikka nomzod To‘qayev Qosim-Jomart konstitutsiya va “Saylov to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun tomonidan qo‘yilgan talablarga javob beradi. Nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun zarur miqdorda imzo varaqalari chiqarilsin”, deyiladi MSK qarorida.
Qozog‘istonning amaldashi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev navbatdan tashqari saylovlarda “xalq koalitsiyasi”dan ishtirok etishga rozilik bergandi.
Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, To‘qayev barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgan. Shu bilan birga, saylov to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, davlat tilini ravon bilishni o‘rnatish tartibi navbatdagi vakolat muddatiga nomzodi qayta ko‘rsatilgan amaldagi Prezidentga nisbatan qo‘llanilmaydi.
7 oktyabr kuni To‘qayevning Xalq koalitsiyasidan respublika prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgani haqidagi hujjatlar MSKga taqdim etildi. Markaziy saylov komissiyasi hukmron “Amanat” (“Ajdodlar vasiyati”) partiyasi, Qozog‘iston xalq partiyasi, “Aq Jol” (“Nurli yo‘l”) demokratik partiyasi “Faxriylar tashkilotlari”, “Qozog‘iston maslihatlari deputatlari birlashmalari”, “Generallar kengashi”, “Qozog‘iston sportchilar ittifoqi” oliy organlari To‘qayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risida majlislari bayonnomalaridan ko‘chirmalarni taqdim etadi.
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 20 noyabrga belgilangan. Qonunchilikka ko‘ra, nomzodlar respublika jamoat birlashmalari tomonidan ko‘rsatiladi. Ushbu tartib 23 sentyabrda boshlangan va 11 oktyabrgacha davom etadi. Arizachilarni ro‘yxatga olish 21 oktyabrda yakunlanadi, saylovoldi tashviqoti 18 noyabrgacha davom etadi. Sukunat kuni 19 noyabr bo‘ladi.
LiveBarchasi