Qozog‘iston maktablarida birinchi sinfdan boshlab rus tilini o‘rgatish bekor qilindi

Olam

image

Yangi o‘quv yilidan boshlab Qozog‘istondagi maktablarda birinchi sinf o‘quvchilariga rus tilini o‘rgatish bekor qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Ta’lim vaziri Asxat Aymagambetov ma’lum qilgan.

“Biz shunday qarorga keldik: ikkinchi va uchinchi tillarni o‘zlashtirish uchun bola o‘z ona tilida o‘qish va yozishni o‘rganishi kerak. Shuning uchun ta’lim davlat tilida olib boriladigan maktablarda birinchi sinfda bolalar faqat qozoq tilini o‘rganishadi. Ikkinchi sinfdan boshlab rus tili alohida fan sifatida boshlanadi va barcha maktablar uchun uchinchi sinfda ingliz tili o‘qitiladi”, deydi vazir.

Shu bilan birga, u birinchi sinfdan boshlab bolalarni mehnatga jalb qilish uchun mehnatga tayyorlash va tasviriy san’at fanlari joriy etilishini aytgan.

Musiqa fani doirasida bolalar o‘z xohishiga ko‘ra do‘mbira chalishni o‘rganishlari mumkin.

Ayni paytda, rus tilida o‘qiydigan birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari dasturida ikkita fan – rus va qozoq tillari qoladi, uchinchi sinfdan ingliz tilini o‘rganishni boshlaydilar.

Hozirgacha maktablarda birinchi sinf o‘quvchilari bir vaqtning o‘zida uchta tilni – qozoq, rus va ingliz tillarini o‘rganishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing