Qozog‘iston qurol-yarog‘ eksportini to‘xtatdi
Olam
−
28 avgust 2022
12110Qozog‘iston harbiy mahsulotlarni xorijga yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda respublika hukumati Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunday qaror Bosh vazir Alixon Smoilov tomonidan o‘tkazilgan mudofaa sanoati bo‘yicha komissiya yig‘ilishida qabul qilingan.
"Ishtirokchilar Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining 2023 yil avgust oyi oxirigacha qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mahsulotlar eksportini to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqdilar. Bu taklif komissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi", deyiladi xabarda.
Yig‘ilish ishtirokchilari litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, ruxsatnomalar va bildirishnomalar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish rejalarini muhokama qilgan.
Aytilishicha, joriy yilning 22 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazgan, uning a’zolari qurol ishlab chiqarish va sotib olish, shuningdek ushbu sohada eksport nazorati masalalarini ko‘rib chiqqan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha davlat rahbari qator topshiriqlar bergan.
LiveBarchasi