Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegaradagi nazoratni kuchaytiradi

Olam

image

Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi Qirg‘iziston yuk tashuvchilari tomonidan kontrabanda ko‘paygani sababli, chegarada nazoratni kuchaytirishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qirg‘izistonlik vijdonsiz tadbirkorlar ikki davlat o‘rtasidagi tovarlar aylanmasini osonlashtirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan foydalanib, Qozog‘istonga deklaratsiyalanmagan, kontrafakt tovarlarni olib kirishda o‘zlarining yashirin sxemalaridan foydalanmoqda.

Xususan, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistondan kelgan yuk mashinasida Belarusning 1,1 million donadan ortiq qalbaki aksiz markalari topilgan. Shuningdek, qo‘lga olingan yuk mashinasidan 2 000 donadan ortiq deklaratsiyalanmagan tovarlar – videokuzatuv tizimlari, kiyim-kechak va sport anjomlari ham aniqlangan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, nazorat yumshatilgandan so‘ng Qirg‘izistondan mamlakatga tog‘-kon uskunalari va elektron sigaretlarni olib kirish holatlari ham sezilarli darajada ko‘paygan. Hujjatlarga ko‘ra esa, ular Rossiyaga o‘tishi kerak.

“Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik sub’ektlarining bunday harakatlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi hamkor mamlakatlar byudjetiga zarar yetkazadi va shu sababli nazorat kuchaytiriladi”, deyiladi Qozog‘iston agentligi xabarida.

Qirg‘iziston rasmiylari esa ushbu holatga hozircha izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing