Qozog‘iston dunyo davlatlarini yadro qurolidan voz kechishga chaqirdi

Olam

image

Hozir dunyo inqirozda, yadro qurolidan foydalanish xavfi yuqori, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar va o‘zaro tahdidlar yadro kallaklarini taqiqlash va yo‘q qilishga undamoqda. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi aytib o‘tgan. 

“Qozog‘iston dunyoning barcha davlatlarini qariyb 20 yil davomida – 2045 yilgacha, BMTning 100 yilligiga qadar yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich reja ishlab chiqishga chaqiradi”, deydi TIV rahbari.

Shuningdek, Tleuberdi avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish butun dunyo bo‘ylab 13,4 mingga yaqin yadro kallaklari tarqalgani va ulardan foydalanish tahdidi “sovuq urushning eng qora kunlaridagidan ko‘ra realroq” degan so‘zlarini eslatib o‘tgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning yadroviy qurolsizlanishga qo‘shgan amaliy hissasi sayyoraning o‘z-o‘zini yo‘q qilish xavfidan xalos qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing