Qozog‘iston 4 kunlik ish haftasiga o‘tishi mumkin
Olam
−
08 Sentabr 2022 10485 1 daqiqa
Qozog‘istonda qonun bilan 4 kunlik ish haftasi joriy etilishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy himoya masalalari to‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tayanib.
“Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, mehnat shartnomasi besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasini belgilashga ruxsat beriladi”, deyiladi qonun loyihasida.
Qayd etilishicha, to‘rt kunlik ish haftasi bilan qo‘shimcha ish vaqtlarining umumiy davomiyligi oyiga o‘n ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak.
"Besh kunlik, olti kunlik yoki to‘rt kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanba hisoblanadi. Besh kunlik yoki to‘rt kunlik ish haftasi bilan ikkinchi yoki uchinchi dam olish kuni jamoa shartnomasi bilan belgilanadi”, deyiladi hujjatda.
Farangiz Salimova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025