Qozog‘iston 10 yanvar kuni motam tutadi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 10 yanvarini Respublikada umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda To‘qayevning Matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.

“Mamlakatning bir qator viloyatlarida sodir bo‘lgan fojiali voqealar natijasida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2022 yil 10 yanvarni umummilliy motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tegishli farmon bugun e’lon qilinadi”, deb yozgan Uali Facebook’dagi sahifasida. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar oqibatida 18 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan, 748 nafari yaralangan. Shuningdek, 26 nafar namoyishchi halok bo‘lgan, 26 nafari yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

642

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing