Qozog‘iston ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shildimi?
Olam
−
06 iyul 2022
15909Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmadi, aksincha, mamlakatlar hamkorlikni kengaytirish niyatida. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat hukumatlari doimiy aloqada, munosabatlar yuqori darajada saqlanib turibdi.
“Shuning uchun hozircha hech qanday qaror qabul qilinmaganini ma’lum qilaman, aksincha, o‘zaro hamkorligimizni yanada kengaytirish, xorijdan kelayotgan chaqiriqlarga birgalikda javob berish va bu nojo‘ya harakatlar oqibatlarini minimallashtirish niyatidamiz”, deydi Kreml vakili Moskva va Nur-Sulton munosabatlari haqida gapirar ekan.
Shuningdek, u Qozog‘iston Rossiya uchun do‘st davlat bo‘lib qolishiga ishontirgan.
Aytish joizki, avvalroq, Qozog‘iston Moliya vazirligi Rossiya Federatsiyasi hududiga tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishga nisbatan sanksiya cheklovlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Qaror bilan Qozog‘iston hukumati ayrim tovarlar uchun elektron hisob-fakturalarni tasdiqlamaydi va busiz ularning Rossiya bilan chegarasini kesib o‘tish taqiqlanadi. Hujjat hali ma’qullanmagan va hozircha Nur-Sulton ham, Oq uy ham nima bo‘layotganini izohlashdan bosh tortmoqda.
LiveBarchasi