Qotillik va zo‘rlashda ayblangan 10 kishi qamoqxonada qatl etildi

Olam

image

Eronda qotillik va zo‘rlashda aybdor deb topilgan o‘n kishi qatl etildi. Bu haqda HRANA inson huquqlari tashkiloti xabar bergan. 

Qayd etilishicha, o‘lim jazosi joriy yilning 29 iyun kuni Rejai Shehr qamoqxonasida (Karej shahri, Alborz stani (viloyat) o‘tkazilgan. 

Qatl etilganlarning sakkiz nafari qotillikda, qolganlari zo‘rlashda aybdor deb topilgan. Eron rasmiylari hozircha bu xabarlarga izoh bermagan.

Xalqaro “Amnesty International” inson huquqlari tashkilotining 24 may kungi hisobotiga ko‘ra, 2021 yilda Eronda 314 kishi qatl etilgan.

Eron Xitoydan keyin odamlarni eng ko‘p qatl etadigan davlatlardan biri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

972

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing