Qorako‘lchilik sohasi uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kredit berishning quyidagi tartibi belgilandi:

•    kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali hisoblanadigan stavka bo‘yicha ajratiladi;

•    kreditlar quyidagi shartlarda beriladi:

•    tadbirkorlarga xorijdan go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi qo‘y va echkilar xarid qilish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

•    tadbirkorlarga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, go‘sht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

•    xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burg‘ilash yoki mukammal ta’mirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar o‘rnatish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.

Qarorga ko‘ra, ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlar, qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

qorako'lchilik

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar