Qoraqalpog‘istonda bog‘cha xodimlari namoyish o‘tkazdi. MTT rahbari ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qonliqo‘l tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining bog‘cha rahbarini ishdan bo‘shatish maqsadida uyushtirgan namoyishlari videosi tarqaldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Holat bo‘yicha xodimlar tomonidan tushgan shikoyatlarni o‘rganish maqsadida ichki guruh tuzilgan.
 
Tashkilot rahbari o‘z lavozimida 2018 yilning 31 yanvaridan 2020 yilning 21 dekabrgacha faoliyat yuritgan. O‘rganish davomida MTT rahbari tomonidan 399,2 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, tashkilotda 5 nafar xodimlarning ishlamasa ham nomiga 24 mln so‘mlik ish haqqi yozilgan.Tashkilotda 1,0 birlikda ishlagan G.Otepovaga qonunchilikka zid ravishda qo‘shimcha 0,5 birlik sektor boshlig‘i vazifalari yuklatilgan. Metodist vazifa uchun to‘langanligi rasmiylashtirilgan ish haqqining 60 foizi 7,1 mln so‘m direktorning plastik kartochkasiga o‘tkazib kelingan.

DMTT direktori tomonidan 3,36 birlik shtatga xodim olmasdan va bu haqda hisobotlar topshirmasdan mehnat qonunchiligi buzilgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini kunlik taomnomaga qo‘shib yozish natijasida 7,3 mln so‘mlik mahsulotlar asossiz hisobdan chiqarilgan.

2018-2020 yillarda 5,7 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari me’yordan ko‘p taomnomaga kiritilib, ortiqcha hisobdan chiqarilgan. 5,2 mln so‘mlik oziq-ovqat va 50,9 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar kamomadi, shu bilan birga 0,7 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ortiqchaligiga yo‘l qo‘yilgan.
 
Tashkilot ombor mudiri va oshpazlari tushuntirish xatlariga ko‘ra, bog‘chada 2018-2020 yillarda taomnomada yozilgan go‘sht va sut mahsulotlarining yarmi, ya’ni 4932 kg 159,6 mln so‘mlik go‘sht hamda 15 504,5 litr 53,1 mln so‘mlik sut mahsulotlari qozonga solinmagan.
 
O‘rganilgan hujjatlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tuman bo‘limiga topshirilgan. Vazirlik buyrug‘iga asosan 2020 yil 21 dekabrda tashkilot rahbari lavozimidan ozod etilgan. Ko‘p o‘tmay E. Bekbergenovaning lavozimi sud qaroriga muvofiq qayta tiklangan.

Biroq, MTT xodimlari uyushtirgan norozilik namoyishlari tufayli tashkilot direktori 5 aprel kuni qayta lavozimidan chetlashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing