Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori 44 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Ikromjon Palvanov og‘ir xastalik oqibatida 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xabar berdi.

Ikromjon Palvanov 1977 yili To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Oliy tahsildan so‘ng faoliyatini tuman prokuraturasida boshlab, Nukus shahar prokuraturasida yordamchi, katta tergovchi lavozimlarida ishlagan.

2008 yilda Xorazm viloyatining Xonqa tuman prokurori etib tayinlangan Ikromjon Palvanov keyinroq Buxoro viloyati prokurori, Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2014 yil — 37 yoshida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prorkurori etib tayinlangan edi.

Ikromjon Palvanov vafotiga qadar Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim prokurori vazifasida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

526

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing