Qoraqalpog‘istonning mart oyida tayinlangan Ichki ishlar vaziri bo‘shatildi
Jamiyat
−
26 iyul 2022
15401Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri Amanbay Tleubayevich Orinbayev lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, polkovnik Amanbay Orinbayev joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Undan avval esa IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yil fevralidan 2022 yilning yanvar oyiga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi