Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul muddati uzaytiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 10 iyul kuni OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda akademik litseylarga qabulning so‘nggi kuni hisoblanadi. Biroq, Qoraqalpog‘istonda internet bilan bog‘liq muammolar tufayli abituriyentlar OTMlarga hujjat topshira olmayapti.

“Hozirda Qoraqalpog‘iston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ammo xavotirga o‘rin yo‘q. Bu jarayon hukumat tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi ma’lumot qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek hududiy telekanallar orqali yetkaziladi”, deyiladi vazirlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 1-2 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar fonida hukumat internetni cheklashga majbur bo‘lganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing