Qoraqalpog‘istondan xazina chiqdimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Aqchako‘l” turistik-rekreatsion zonasidan xazina topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Madaniy meros agentligi tushuntirish berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat ortidan agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan. 

O‘rganishlarda aniqlanishicha, sohildan hech qanday madaniy qiymatga ega arxeologik topilma yoki xazina topilmagan. Tarmoqlarda tarqalib ketgan tasvirlardagi tangalar esa bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2018 va 2022 yilda chiqqan 200, 500 hamda 1000 so‘mlik tangalar ekanligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi hamda Ellikqal’a tumani hokimligi vakillari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. O‘rganishlar davomida videomurojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. 

“Madaniy meros agentligi fuqarolarni tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda madaniy meros ob’ektlariga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirib qoladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatidagi Boysun tog‘larida joylashgan To‘da g‘orida olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida qadimiy mehnat qurollari va yovvoyi donli o‘simliklar qoldiqlari topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing