Qoraqalpog‘istondagi YTHda jurnalist halok bo‘ldi

3-sahifa

image

 “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri, jurnalist Saidjon Maxsumov 35 yoshida, Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jurnalist Qoraqalpog‘istondagi baxshichilik festivalidan qaytayotganida Nukus-Xorazm yo‘lida yengil avtomashinada avtohalokatga uchragan.

Said Maxsumov 1986 yilning 12 may kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 

Ko‘p yillar davomida "Ma’rifat" va "Xalq so‘zi" gazetalarida turli lavozimlarda ishlagan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Said Maxsumov

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar