Qoraqalpog‘istonda uchta avtomobil to‘qnashuvida 6 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
14 may 2021 8610 1 daqiqa
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida 3 ta avtomobil ishtirokidagi mudhish yo‘l-transport hodisa natijasida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston YXHB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 11 may kuni sodir bo‘lgan. Nukus-To‘rtko‘l yo‘lining 225-kilometri (Chilpiq yodgorligi qarshisi)da Cobalt, Nexia va Damas o‘zaro to‘qnashib ketgan. Avariya natijasida jami 6 kishi halok bo‘lgan.
Cobalt’dagi 1 nafar yo‘lovchi, Nexia’dagi 4 nafar yo‘lovchi va Damas haydovchisi voqea joyida jon bergan. Nyexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr