Qoraqalpog‘istonda talaba is gazidan vafot etdi
Jamiyat
−
25 noyabr 2021 4217 1 daqiqa
Qoraqalpog‘istonda talaba is gazdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda respublika prokuraturasi ma’lumot berdi.
Kecha, 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahri, 22-kichik tuman 8/6-uy, 43-xonadonda ijarada yashovchi, Nukus davlat pedagogika instituti talabasi R.R. (erkak) xonadonda o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan marhum R.R. nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025