Qoraqalpog‘istonda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani “Navro‘z” mahallasi hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan besh qavatli uyning zinapoyasi qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa joriy yilning 7 fevral kuni sodir bo‘lganiga qaramasdan, pudratchi tashkilot texnik nazorat mutaxassisi tomonidan ob’ektlarda barcha shaharsozlik normalari va qoidalarining buzilish holatlari, avariya holatlari hamda ularni bartaraf etish ishlarining natijasi to‘g‘risida nazorat inspeksiyasiga xabar bermagan.

Ob’ektdagi zinapoyalar vizual ko‘zdan kechirilganda hech qanday yoriqlar kuzatilmagan. Ammo pudratchi tashkilot tomonidan zinapoyalarni montaj qilish jarayonida xatolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

“Hodisa yuz bergan joyda jabrlangan va jarohat olganlar yo‘q. Hozirgi vaqtda mazkur holat bo‘yicha prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing