Qoraqalpog‘istonda ikki Nexia va velosiped to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 8 avgust kuni Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida 2 ta Nexia ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 19:00 atrofida Amudaryo tumani hududidan o‘tgan Mang‘it–Gurlan avtomobil yo‘lining 78-kilometrida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, tumanda yashovchi R.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan boshqa bir Nexia atomobiliga kelib urilgan. Shuningdek, atomobillardan biri yo‘l chetida turgan velosipedchi K.M.ni bosib ketgan.

Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing