Qoraqalpog‘istonda Ichki ishlar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi R.E hamda fuqarolar K.U. va A.X. mahalliy tadbirkorning mahsulotlarini Xorazm viloyatiga o‘tkazish evaziga pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, fuqaro A.U.ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida olib borayotgan tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilib, mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o‘tkazishga ruxsat berish evaziga bir guruh shaxslar tomonidan pul talab qilinayotganligi yuzasidan ariza kelib tushgan. 

Murojaatga asosan joriy yilning joriy yilning 2-3 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro K.U. tadbirkordan 50 ta yuk mashinasi uchun 3,5 mln. so‘mdan jami 175 mln. so‘m miqdoridagi pulni pora sifatida olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Dastlabki surishtiruvda, K.U. qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini sherigi A.X.ga olib borib berishi kerakligini, u esa ushbu pullarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimlariga berishi lozimligini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, sherigi A.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

Ushbu arizaga asosan o‘tkazilgan tadbirning navbatdagi qismida fuqaro A.X. jami 50 ta yuk mashinasini  navbatma navbat YPX maskanidan o‘tkazib olishga kelishib, 10 ta mahsulot ortilgan yuk mashinalari uchun 35 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan. 

O‘z navbatida, A.X. tadbirni davom ettirishini ma’lum qiladi va holat bo‘yicha ariza bilan murojaat etadi. Kelishuvga asosan, “Shadli aul” YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi R.E. vaqt oz qolganligi va tong otgunigacha ulgurish kerakligi aytib, 3 ta mahsulot yuklangan transport vositalarinigina o‘tkaza olishini bildiradi.  Arizaga muvofiq, o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi R.E.  fuqaro A. X.dan pul mablag‘larini olgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi va 25,211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

491

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing