Qoraqalpog‘istonda dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi quriladi
Jamiyat
−
04 may 2021
8535Kecha, 3 may kuni “ACWA Power”, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida shamol energetikasi loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston RespublikasisEnergetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha Qoraqalpog‘istonda 1500 MVt quvvatga ega shamol energetikasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishdan iborat bo‘lib, u foydalanishga topshirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasiga aylanadi.
Loyiha taxminan 4 million xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va yiliga taxminan 2,5 million tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda. Bu Hukumatning o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun o‘n yil ichida qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish maqsadlariga bevosita hissa qo‘shadi.
“ACWA Power” kompaniyasi shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yil boshida tuzilgan umumiy ishlab chiqarish quvvati 1000 MVt bo‘lgan ikkita shamol energetikasi loyihasining investori hisoblanadi. Bu borada elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnomalar (PPA) va investitsiya shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, Saudiya kompaniyasi Sirdaryoda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, umumiy quvvati 1500 MVtga teng bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.
LiveBarchasi