Qoraqalpog‘istonda 2 ming dollar pora so‘ragan soliqchilar ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2 nafar bosh inspektori Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tekshirish davomida, go‘yoki 213 mln so‘mlik soliq qonunchiligi buzilgani aniqlanganligini aytib, ushbu summani 34 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Bosh inspektorlar tamagirlik yo‘li bilan 700 AQSH dollari va 15 mln so‘m pul mablag‘ini o‘rtada vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatida imtihonlardan past baho olgan kursdoshining bahosini ko‘tarib berishni va’da qilgan ichki ishlar organi xodimi va bu ishda ishtirok etgan universitet menejeri pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq pora Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing